Liga 1. «PSJ» o‘z missiyasini yakunladi, Mbappedan het-trik

Sport 10:10 / 22.04.2019 5845

Fransiya birinchi divizionida 33-turga kelib «PSJ» chempionlikni rasmiylashtirdi. Parijliklar turning oxirgi o‘yinida «Monako»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ammo bunga qadar «Lill» «Tuluza» maydonida golsiz durang o‘ynab ochko yo‘qotgan va Tomas Tuxel jamoasining chempionligi rasman aniq bo‘lib ulgurgan edi.

Bu turga kelib, shuningdek, to‘purarlar poygasida ham g‘olib nomi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. «Monako» bilan bahsda jamoasining uchala goliga ham mualliflik qilgan Kilian Mbappe gollari sonini 30taga yetkazib, eng yaqin ta'qibchisi Nikolas Pepe («Lill») bilan oradagi farqni 11taga yetkazdi. Mbappe, shuningdek, «Oltin butsa» uchun poygada «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan oradagi farqni ham qisqartirishga erishdi. Leo La Ligada o‘tgan hafta gol ura olmadi, hozir ularni 3ta gol ajratib turibdi.

Qayd etish joiz, «PSJ» o‘z tarixida 8-marta, qatorasiga 3-mavsumda Fransiya chempioni bo‘ldi. Bu borada klub «Monako» va «Nant»ga yetib oldi va faqat «Marsel» hamda «Sent-Eten»dan ortda qolmoqda, ular mos ravishda 9 va 10 marotaba birinchi divizion g‘olibi bo‘lishgan.

Fransiya chempionati
33-tur, 21 aprel
PSJ – Monako 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 15 Mbappe, 2:0 – 38 Mbappe, 3:0 – 55 Mbappe, 3:1 – 80 Golovin.
PSJ – Areolya, Kerer, Markinos, Kimpembe, Dagba, Paredes (Kavani, 73), Verratti (Draksler, 76), Kurzava (Neymar, 46), Dani Alves, Diabi, Mbappe.
Monako – Subashich (Benalo, 13), Xenrixs, Glik, Badiashile, Ballo, Jyelson Martinsh, Adriyen Silva, Jyemerson (Axolu, 66), Roni Lopesh, Golovin, Falkao (Vinisius, 46).
Ogohlantirish: Glik (30).

Tuluza – Lill 0:0
Lill – Menyan, Gabriel, Chelik, Kone, Fonte, Tiago Mendes, Sumare, Pepe, Ikone, Bamba (Ruy Fonte, 70), Rafael Leau (Luis Araujo, 79).

Nant – Amen 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar: 1:0 – 49 Kulibali, 2:0 – 55 Kulibali, 3:0 – 59 Ronjye, 3:1 – 62 Otero, 3:2 – 77 Timit.

Reyms – Sent-Eten 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 24 Kabella, 0:2 – 51, avtogol Engels.

19 aprel
Dijon – Renn 3:2 (1:0, 2:2)

Gollar: 1:0 – 20 Agerd, 1:1 – 52 Yunu, 2:1 – 55 Janno, 2:2 – 61 Nyang, 3:2 – 83 Said.

Lion – Anjyer 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Depay, 2:0 – 39 Tere, 2:1 – 89, avtogol Tuzar.

20 aprel
Gengam – Marsel 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4 Luis Gustavo, 0:2 – 40 Okampos, 1:2 – 56 Ngbakoto, 1:3 – 90 Jyermen.

Strasbur – Monpele 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Delor, 0:2 – 28 Molle, 1:2 – 34 Martines, 1:3 – 86 Delor.

Nim – Bordo 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Madja, 1:1 – 16, penalti Savane, 2:1 – 63 Ripar.

Nitssa – Kan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 74 Jiku.

Ko‘proq yangiliklar: