Dollarning rasmiy kursi tusha boshladi

Iqtisodiyot 12:20 / 22.04.2019 30131

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 23 apreldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 14,01 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8441,36 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 61,42 so‘mga tushib, 9493,15 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 0,25 so‘mga oshib, 131,78 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keyingi bir necha hafta mobaynida faqat ko‘tarilayotgandi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: