Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi ayrim yo‘llarda hafta davomida avtomobil harakati to‘xtatiladi

O‘zbekiston 17:00 / 22.04.2019 12674

O‘zbekiston Respublikasida joriy yilning 22 aprelidan 28 aprel kuniga qadar velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu chempionatda Osiyo qit'asidagi 40ga yaqin davlatlardan 500 nafarga yaqin velopoygachilar ishtirok etadi.

Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish va musobaqa ishtirokchilarini xavfsizligini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi bir qator yo‘llari hafta davomida soat 07:00 dan 18:00ga qadar yopiladi.

23-24-25-26 aprel kunlari soat 07:00 dan 18:00ga qadar 22 km.lik masofada velosport o‘tkazilishi munosabati bilan 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 32 km dan 62 km.larigacha bo‘lgan qismida avtomobil harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

27 aprel kuni soat 07:00 dan 18:00ga qadar “International Hotel Tashkent” mehmonxonasidan start olgan velopoygachilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘li to‘liq va 4R10 “Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li” ning 61 km.gacha (Sijjak qishlog‘igacha) bo‘lgan avtomobil yo‘lida avtomobil harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

28 aprel kuni 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 62 km.gacha bo‘lgan qismida va 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 54 km.dan 76 km.gacha (Bildirsoy dam olish maskanigacha) bo‘lgan masofadagi qismida avtomobil harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shu munosabat bilan Bo‘stonliq tumaniga dam olish maqsadida boruvchi haydovchilarga 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘li (Chirchiq shahri orqali)orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi

Ko‘proq yangiliklar: