95 yoshli marg‘ilonlik momo umridagi ilk tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani oldi

Jamiyat 20:50 / 22.04.2019 7570

Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1924 yilda tug‘ilgan Mo‘minova Zulfiyaxon ismli momo umridagi ilk tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani oldi.

Marg‘ilon shahrida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida momoning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qligi aniqlangan. 

Bu holatga mas'ul xodimlar tomonidan jiddiy e'tibor qaratilib, shu kunning o‘zida Zulfiyaxon momoga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirib berish choralari ko‘rilgan.

2019 yilning 1 iyuliga qadar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan guvohnomasi bo‘lmagan bolalarni aniqlash va keyinchalik ularga mazkur hujjatni berish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Aynan shu hujjat bolaning u yoki bu davlat fuqaroligiga mansub ekanligini tasdiqlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: