«MYu»da inqiroz. Jamoa bu safar 4ta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi

Sport 19:55 / 21.04.2019 11465

Angliya chempionatining 35-turida «Everton» «Manchester Yunayted»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Liverpuldagi «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:0 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob 13-daqiqadayoq Risharlison tomonidan ochildi, uni bu vaziyatda Dominik Kalvert-Lyuin golli pas bilan ta'minladi. Bo‘lim o‘rtalarida Gilfi Tor Sigurdsson Idrissa Guyyening pasidan keyin liverpulliklarning hisobdagi ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar himoyachisi Luka Din hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. O‘yinga yakuniy nuqta Teo Uolkott tomonidan qo‘yildi, uni Sigurdsson golli pas bilan ta'minladi.

Bu yirik mag‘lubiyatdan keyin manchesterliklar jamoasi bir mavsumda ko‘p gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha antirekord o‘rnatdi - 48 gol. «Qizil iblislar» oxirgi marta 2001-02 yilgi mavsumda bir mavsumda 45ta gol o‘tkazib, bundan yomonroq natija qayd etishgandi.

«Everton» so‘nggi 5 uchrashuvda 4 g‘alabaga erishdi, «MYu» so‘nggi 5 uchrashuvda 3 bor mag‘lub bo‘ldi.

Endilikda «Everton» ochkolari sonini 49taga yetkazib, APL turnir jadvalida yettinchi o‘ringa ko‘tarildi, «MYu» 64 ochkosi bilan 6-o‘rinda qoldi

Angliya chempionati
35-tur
Everton – Manchester Yunayted 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 13 Risharlison, 2:0 – 28 Sigurdsson, 3:0 – 56 Din, 4:0 – 64 Uolkott.
Everton – Pikford, Din (Jagelka, 85), Koulmen, Zuma, Kin, Bernard, Guyye (Makkarti, 76), Shnayderlin, Sigurdsson, Risharlison (Uolkott, 51), Kelvert-Lyuin.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Lindelef, Smolling, Jons (Yang, 46), Fred (Maktomini, 46), Matich, Pogba, Marsiyal, Lukaku, Reshford (Pereyra, 77).
Ogohlantirishlar: Guyye (23), Maktomini (68).

Ko‘proq yangiliklar: