Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi ochilish marosimi o‘tkazildi (fotojamlanma)

Sport 01:18 / 20.04.2019 6846

19-21 aprel kunlari Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 19 aprelda gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Marosimda badiiy gimnastikachilarimiz tomonidan tayyorlangan turli ko‘rgazmali chiqishlardan iborat dastur namoyish etildi. Yosh gimnastikachilarning mahorat bilan, kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida namoyish etgan ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Musobaqaning tantali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat gimnastika federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilari qutlar ekan, shunday dedi:

«Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuchli sportchilari yig‘iladigan ushbu turnirga mezbonlik qilib turganidan juda mamnunmiz. Ishonchim komilki, Toshkentda o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi eng yuqori saviyada o‘tadi va uning barcha ishtirokchilari o‘zlarining yuksak mahoratlarini namoyish etishadi»– dedi u.

Ta'kidlash joizki, musobaqaga dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuchli gimnastikachi qizlar to‘plangan. Ishtirokchilarning 39 nafari o‘zlarining yakkalik dasturini namoyish etishadi. 6 jamoa guruh bahslarida ishtirok etadi.

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida O‘zbekiston sharafini yakka holda iste'dodli murabbiy Liliya Vlasovaning ikki shogirdi - Sabina Toshkenboyeva va Yekaterina Fetisova, guruh mashqlarida esa Rossiyadan taklif etilgan murabbiy Yekaterina Pirojkova hamda Ra'no Muhamedova rahbarligida Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyevalardan iborat jamoa himoya qilmoqda.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: