Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Shisin Chen 16-19 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
U tashrifi davomida O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov va boshqa mansabdor shaxslar bilan uchrashdi.
Shisin Chen OTB O‘zbekiston hukumatining taraqqiyot va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi va mamlakat iqtisodiyoti istiqboliga ishonch bildirdi. U shuningdek, OTBning O‘zbekistonda amaga oshirilayotgan va rejalashtirilgan amaliyotlarini muhokama qildi.
OTB O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha yangi besh yillik Strategiyani ishlab chiqmoqda. 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan mazkur hamkorlik strategiyasi O‘zbekiston hukumatining taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. OTB kelgusi uch yil davomida suv ta'minoti va sanitariya, transport infrastrukturasi, energiya ishlab chiqarish va uni tarqatish, yoshlar bandligi, qishloq joylarida ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy tibbiyot, ijtimoiy himoya kabi sohalarni yaxshilash uchun yiliga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
Chen shuningdek, OTB qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni borib ko‘rdi hamda mahalliy ma'muriyat vakillari va loyihalar benefitsiarlari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga1995 yilda kirganidan beri umumiy miqdori 7,4 milliard AQSh dollariga teng 70 ta kredit oldi.