Andrey Abduvaliyev Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasiga vitse-prezident bo‘ldi

Bugun, 20 aprel kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Nizomjon To‘xtaboyev, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi prezidenti Andrey Abduvaliyev va federatsiya bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuxammedov ham ishtirok etishdi.
Kongress doirasida davomida Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi prezidenti va vitse-prezidentiligi (1 nafar katta vitse-prezident va 5 nafar vitse-prezident) uchun saylovlar o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi prezidenti Andrey Hakimovich Abduvaliyev ham Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Daxlan Al-Hamad esa Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini saqlab qolgan.
Ma'lumot uchun, Andrey Abduvaliyev 1966 yilda tug‘ilgan. MDH birlashgan terma jamoasi safida 1992 yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2000-2012 yillar davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan. U 2018 yilning mayida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi rahbari etib saylangandi.
Mavzuga oid

16:14 / 17.02.2025
Bojxona qo‘mitasi rahbari Yengil atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi

19:30 / 29.08.2022
Ommaviy yugurish bo‘yicha “Save Aral – 2022” musoboqasining kuzgi bosqichi va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi start oldi

18:29 / 22.05.2018