Malta Rossiyaga Maduroga yordam berishda xalaqit qildi 

Jahon 22:18 / 19.04.2019 19304

Malta Rossiya hukumatiga Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga yordam berishiga xalaqit qilish uchun o‘z havo hududini Rossiya samolyotlari uchun yopdi. Bu haqda tvitterda AQSh davlat departamenti spikeri Morgan Ortagus ma'lum qildi. 

“Biz Malta hukumatini o‘z havo hududidan Rossiya samolyotlariga Venesueladagi qattiqqo‘l tuzumga yetkazmalarni amalga oshirishi uchun foydalanishni rad etgani uchun olqishlaymiz. Biz barcha davlatlarni Maltadan o‘rnak olib, Kremlga diktator Maduroni qo‘llab-quvvatlashida to‘sqinlik qilishga chaqiramiz”, deb aytilgan Ortagus xabarida.

18 aprelda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 4 aprelda Rossiya Maltadagi elchixonasi orqali Venesuelaga yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun ikkita samolyotga uchib o‘tishga ruxsat berishni so‘ragan. Biroq orol davlat bu iltimosga hech qanday tushuntirishsiz rad javobini bergan. Rossiya tashqi ishlar vazirligida ushbu holat Malta bilan ikki tomonlama munosabatlarda “hisobga olinishi” ta'kidlab o‘tilgan. 

Avvalroq Venesuela AQShning neft sohasidagi sanksiyalarini Rossiyaning “Rosneft” kompaniyasi yordamida chetlab o‘tayotgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. 

29 mart kuni AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams AQSh Rossiyaga Venesuelani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun sanksiyalar kiritishi mumkinligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: