Chinozda yashovchi shaxs 8,5 kilogrammdan ortiq marixuana bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat 10:56 / 19.04.2019 6606

2019 yil 12 aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, uning natijasida G‘ayrat mahallasi Tinchlik ko‘chasida yashovchi B.N. A.Temur MFY Tillatopgan ko‘chasida 8 kg. 890,3 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: