YeChL. Manchesterda "gollar yomg‘iri". "Tottenhem" "Siti"ni chorakfinalda qoldirib ketdi

Foto: Getty Images
Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yinlari doirasida navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
"Manchester Siti" o‘z maydonida "Tottenhem"ni qabul qilib, 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida Sterling dublga erishgan bo‘lsa, Bernardu Silva hamda Aguero 1tadan gol urdi. Mehmonlar tarkibida Son Xyon Min o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir gol Lorente tomonidan kiritildi.
Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda 1:0 hisobida "Tottenhem" g‘olib bo‘lgan edi. Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, "Tottenhem" yarimfinalga chiqdi va unda "Ayaks" bilan bellashadi.
Manchester Siti – Tottenhem 4:3
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Xyn Min, 1:2 – 10 Son Xyn Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lorente.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Mendi (Sane, 84), Uoker, Laport, Silva (Fernandino, 63), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz (Sanches, 90), Tripper, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Lukas Moura (Devis, 82), Sissoko (Lorente, 41), Alli, Son Xyn Min.
Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Xyn Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).
Ilk uchrashuv – 0:1
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

21:50 / 06.03.2025
Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

16:34 / 28.02.2025