Shahrisabzda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan tugadi

Jamiyat 17:00 / 18.04.2019 7262

2019 yil 13 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Oq oltin qishlog‘ida yashovchi T.I. mast holda shu qishloqda yashovchi ukasi H.I.ning uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida ukasining birga yashovchi turmush o‘rtog‘i M.X.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda H.I. akasi T.I.ning qulog‘iga tosh bilan urgan.

Shundan so‘ng T.I. ukasini ham pichoq bilan jarohatlagan. Natijada er-xotin kasalxonaga yotqizilib, T.I. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: