Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vaziri Akademiyaning yangi binosida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida yana bir zamonaviy o‘quv bino foydalanishga topshirildi. Binoni topshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov ham ishtirok etib, mazkur o‘quv binosida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yerdagi mavjud moddiy o‘quv baza kursantlarning nazariy bilimlarini dala o‘quv maydonlariga chiqmasdan turib amalda mustahkamlash imkonini beradi. Jangovar texnikalarning nazorat o‘lchov asboblarini tekshirish, ularni boshqarish, nishonlarni mo‘ljalga olish bo‘yicha ilk ko‘nikmalarni oshirishda ushbu kompleks trenajyorlarning o‘rni beqiyos.
Mudofaa vaziri Akademiyada joriy yildan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ilmiy vzvod harbiy xizmatchilari olib borayotgan yangi loyihalar bilan ham yaqindan tanishdi. Xususan, podpolkovnik Bekzod Sulaymonovning loyihasi barchani e'tiborini tortdi. Ushbu qurilma uchuvchisiz uchish apparatlari va dronlarga qarshi qo‘llaniladi. Ya'ni, qurilma qo‘llanilgan zahoti havoda harakatlanayotgan dron yoki uchuvchisiz uchish apparatlari ishdan chiqadi. Hozirgi paytda mazkur loyihani yanada takomillashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Shuningdek, shu kunning o‘zida Akademiya professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va uslubiy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan ofitserlarni tayyorlash, ularning liderlik qobiliyatini oshirish kabi masalalarga bag‘ishlangan anjuman ham o‘tkazildi. Mudofaa vaziri tomonidan kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

20:39 / 29.05.2025
DXX raisi O‘zbekistonda dron uchirish bo‘yicha federatsiya tuzilishini aytdi

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

17:03 / 14.01.2025