Tojikiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi

Jahon 17:00 / 16.04.2019 15544

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiyaga ikki kunlik tashrif bilan keldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Kreml matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 aprel kuni Tojikiston prezidenti bilan kun tartibidagi ikki tomonlama masalalar va mintaqaviy muammolarni muhokama qiladi.

Xabarda aytilishicha, tashrif yakunlari bo‘yicha qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyaga tashrif bilan kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: