Parij ramzlaridan biri bo‘lgan Notr-Dam-de-Pari soboriga o‘t ketdi (video)

Jahon 23:40 / 15.04.2019 38860

Parij shahri ramzlaridan biri bo‘lgan Parij Bibi Maryam sobori – Notr-Dam-de-Parida kuchli yong‘in chiqdi.

Hodisaning tvitterda joylangan ko‘plab videolarida ibodatxonadan chiqayotgan quyuq qora tutun va olovni ko‘rish mumkin.

Voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish va favqulodda xizmatlar mashinalari yetib kelgan. Sobor ichidagi odamlarning barchasi evakuatsiya qilingan.

Yong‘in oqibatida soborning XIX asrda qurilgan shpili (uchi) va tom qismi, shuningdek soatlar o‘rnatilgan qismi qulab tushgan.

Sobor matbuot xizmati boshlig‘i Andre Fino XII asrda qurilgan Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasi butunlay yonib vayron bo‘lganini tasdiqlagan.

Yong‘in qurilish ishlari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda cherkovning bir qismi havozalar bilan o‘ralgan bo‘lib, u yerda restavratsiya ishlari ketayotgandi. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda. 

Effondrement de la flèche de #NotreDame. Pas de mots. Quelle tristesse. Terrible. pic.twitter.com/xw9zh5SwED

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘z rafiqasi bilan hududga tashrif buyurgan. U «sariq jiletlar» harakati munosabati bilan dushanba kuni kechqurunga mo‘ljallangan millatga murojaatnomasini qoldirgan.

Parij Bibi Maryam sobori XII-XIV asrlarda barpo etilgandi. Bu Yevropadagi eng mashhur turistik obidalardan biri hisoblanardi. Sobor har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelardi.

Ko‘proq yangiliklar: