O‘zbekiston va Jahon banki 300 mln dollarlik kelishuvlarni imzoladi

Iqtisodiyot 08:50 / 15.04.2019 6346

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv O‘zbekiston delegatsiyasining Vashingtonga Jahon banki va XVJ Boshqaruvchilar kengashi bahorgi majlislariga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Jahon banki va O‘zbekiston o‘rtasidagi keyingi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Jahon banki Farg‘ona vodiysida kommunal xizmatlar va shahar infratuzilmasini yaxshilash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 300 million dollarlik kredit kelishuvlarini imzoladi.

Ko‘proq yangiliklar: