Nurmagomedov Makgregorga revansh jang uchun shartini aytdi

Sport 14:16 / 15.04.2019 33389

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning Twitter’da yozishicha, Konor Makgregor jamoasi irlandiyalik «nimanidir yutsa», shunda revansh jang haqida muzokaralar olib borilishiga umid qilishi mumkin.

Makgregor mikroblogda yozuv e'lon qildi, unda u Nurmagomedovning kurashdagi uslublarini tanqid qilgan. U rossiyalik Mutlaq jangchilar chempionatidagi (UFC) eng yaxshi jangchi ekaniga shubha bildirgan. «Biz uning imkoniyatlarini ancha bo‘rttirib yuborganmiz. Revansh hamma narsani ko‘rsatadi», - deya yozgan irlandiyalik.

Nurmagomedov o‘zi izohlarga qo‘shilib, Makgregor 2016 yildan buyon g‘alaba qozonmaganini ma'lum qildi. «Avvaliga, sen biror narsani yutishing kerak, keyin revansh haqida gaplashamiz», - deya yozgan rossiyalik.

Makgregor so‘nggi marta 2016 yil noyabr oyida oktagonda g‘alaba qozongan, o‘shanda u Eddi Alvaresdan kuchliroq bo‘lgandi. O‘sha vaqtdan beri irlandiyalik boksda kuchini sinab ko‘rib, amerikalik Floyd Meyuezerga mag‘lub bo‘ldi. Oktabr oyida Makgregor UFC’ga qaytdi va Nurmagomedovga qarshi jang o‘tkazdi. Rossiyalik bo‘g‘ish uslubi yordamida zafar quchdi. 

Makgregor - ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni. U 21 marta g‘alaba qozongan. Nurmagomedovga mag‘lubiyat faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ldi. 

Bundan oldin, Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: