Nobel mukofoti sovrindori Pol Gringard vafot etdi

Jahon 07:54 / 15.04.2019 5427

Amerikalik olim, neyrobiolog va fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Pol Gringard Nyu-Yorkda 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda 14 aprelda Gringard 1983 yildan beri ishlagan Rokfeller universitetida ma'lum qilingan. 

“Neyrobiolog, Nobel sovrindori, miya hujayralarining o‘zaro ta'sirlashuvi haqidagi tushunchalarimizni tubdan o‘zgartirgan hamda neyrologik va ruhiy kasalliklarning keng spektrini davolash usullari rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Pol Gringard 13 aprelda vafot etdi”, deyilgan xabarda.

Gringard Rokfeller universitetida ishlashni boshlashidan oldin Albert Eynshteyn nomidagi tibbiyot kolleji va Yyel universitetida o‘qituvchilik qilgan.

Olim 2000 yilda asab tizimida signallar uzatilishi bilan bog‘liq kashfiyot uchun Erik Kendel va Arvid Karlsson bilan birga Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ularning tadqiqotlari nevrologik va ruhiy kasalliklar paydo bo‘lishi mexanizmini tushunishga imkon bergan.

Ko‘proq yangiliklar: