O‘zbekiston Musulmonlari idorasi yong‘inda jabr ko‘rganlarga moddiy yordam yetkazib berdi

Jamiyat 12:17 / 14.04.2019 18241

13 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tashabbusi, Toshkent shahar vakilligi, Shayxontohur tumani imom-xatiblari ishtirokida Toshkentda yuz bergan yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon sohiblariga 200 000 000 so‘mdan ziyod moddiy yordami yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy xabar tarqatdi.

«Yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon sohiblari ko‘rsatilgan saxovat va e'tibor uchun minnatdorchilik izhor etib, bu xayrli ishga hissasi qo‘shilganlar haqqiga duoi-xayrlar qilindi» , — deyiladi ma'lumotnomada.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

Joriy yilning 18 mart kuni Toshkentning Shayxontohur «Oqlon»  mahallasidagi Ko‘kcha Darvoza, Fuzuliy va Omon Muxtorov ko‘chalarida joylashgan oltita xonadonda kuchli yong‘in bo‘lib, uylarning hammasi barcha jihozlari bilan yonib ketgan va 65 kishi boshpanasiz qolgan edi. Jami 380 kv.metr maydonda uylarning tom qismlari va ichki jihozlari butunlay yonib ketgan.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

8 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yong‘indan jabr ko‘rgan sakkizta xonadon ahllaridan xabar olib, hamdardlik bildirgan edi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

«Bunday qiyin damlarda mahalla ahllari ham musibat egalariga astoydil yordam ko‘rsatayotgani, xususan uylaridan boshpana berib, o‘z rizqi nasibasining yarmini qo‘shnilari bilan baham ko‘rayotgani tahsinga sazovordir. Xonadonlarni qayta qurish ishlari ham xalq hashari yo‘lida davom etmoqda» , — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: