Moliya vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Iqtisodiyot 11:36 / 12.04.2019 23667

Gulnora Hoshimovna Rahimova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

G.Rahimova 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1995 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston milliy universitetining O‘quv bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2002-2014 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti «Menejment» kafedrasi katta o‘qituvchisi, «Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment» kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, katta ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan.

2014 yildan boshlab G.Rahimova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazining «Davlat budjetining g‘azna ijrosi» kafedrasida katta o‘qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin, Moliya vazirligi 70 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarni aniqlagani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: