APLda mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport 21:54 / 12.04.2019 6056

«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane Angliya Premer-Ligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

26 yoshli senegallik mersisaydliklar tarkibida 4ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mane sovrin uchun kurashda Sheymus Koulman («Everton»), Endryu Roberson («Liverpul»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Jyeymi Vardi («Lester») va Jyeyms Uord-Prouzni («Sauthempton») ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Qayd qilish joizki, avvalroq «Liverpul» ustozi Yurgen Klopp APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: