Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Tottenhem» va «Liverpul» chorak finalni g‘alaba bilan boshladi

UYeFA Chempionlar Ligasida chorak finalning birinchi o‘yinlari o‘tkazildi. Unda Angliyaning ikki jamoasi «Tottenhem» va «Liverpul» g‘alaba qozondi va yarim final uchun ilk qadamni tashladi. «Liverpul» chorak finalninng birinchi o‘yinida «Portu»ni qabul qilib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 5-daqiqadayoq Nabi Keyta hisobni ochgandi. 26-daqiqada Roberto Firmino ham bitta gol urib, farqni ikkitaga oshirdi.
«Tottenhem» esa o‘z maydonida Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Siti»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning birinchi bo‘limida «Siti» yetakchisi Serxio Aguero penaltidan gol ura olmadi. Ugo Loris hujumchining zarbasini qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda «Tottenhem» tarkibida ikkita jiddiy yo‘qotish kuzatildi. Avvaliga Fabian Delf bilan to‘qnashib ketgan Xarri Keyn, keyinroq Dele Alli jarohat olib, maydonni tark etishdi. Shunday bo‘lsa-da, Pochettino shogirdlari o‘yinni g‘alabagacha olib borishdi. 78-daqiqada jarima maydonchasida oxirigacha kurashgan Son Xyon Min himoyachilarni aldab, chiroyli gol urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
YeChL. Chorak final, birinchi o‘yinlar
LIVeRPUL – PORTU 2:0
Gollar: Keyta (5), Firmino (26).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Henderson, Milner, Keyta, Fabino, Mane (Origi, 73), Saloh, Firmino (Starrij, 82).
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra (Fernando, 77), Eder Militao, Oliver Torres (Brunu Koshta, 73), Danilu Pereyra, Marega, Otavio, Korona, Soares (Braimi, 62).
Ogohlantirishlar: Soaresh (17), Felipe (61).
TOTTeNHEM – MANCheSTeR SITI 1:0
Gol: Son Xyon Min (78).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Uinks (Vanyama, 81), Alli (Lorente, 87), Sissoko, Keyn (Lukas Moura, 58), Son Xyon Min.
Manchester Siti: Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva (de Bryuyne, 89), Fernandino, Marez (Sane, 89), Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 71).
Ogohlantirishlar: Rouz (12), Laport (28), Marez (59).
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston | 09:38
-
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi
Jahon | 09:14
-
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi
Jahon | 09:05
-
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot | 08:22
Mavzuga oid

21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi

16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?

16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum

14:17 / 30.01.2025