Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus 15 qo‘shma ilmiy-texnik loyihani moliyalashtiradi
O‘zbekiston va Belarus mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, agrosanoat texnologiyalari, tibbiyot va farmatsevtika, yangi materiallar, AKT, genetika va biotexnologiyalar sohalariga oid 15 qo‘shma loyiha ro‘yxatini muvofiqlashtirdi. Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasi raisi Aleksandr Shumilin O‘zbekiston-Belarus fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi komissiyasi yig‘ilishida shunday bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihalar 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar tanlovi yakunlari bo‘yicha saralangan. Yaqin kunlarda uni amalga oshirishga kirishiladi. Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Belarusda ikki qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yaratishni rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish davomida Aleksandr Shumilin va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlik ijrosi dasturini imzolashdi.
Hujjatga ko‘ra, Belarus va O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishadi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishadi, olimlar, tadqiqotlar va mutaxassislar o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yishadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

18:41 / 29.05.2025
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi

12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

14:46 / 14.04.2025