Liga 1. «PSJ» o‘z uyida rasman chempionlikka erishish imkonini qo‘ldan chiqardi

Foto: Getty Images
Fransiya chempionatining 31-turida jadvalning birinchi yarmida borayotgan 10ta klubdan 9tasi g‘alaba qozona olmadi, uch ochko olgan yagona jamoa esa yakkapeshqadam «PSJ» emas, balki «Nitssa» bo‘ldi.
Parijliklar bu turga kelib, liganing bu mavsumida ilk marotaba o‘z maydonlarida ochko yo‘qotdilar. Jamoa ««Strasburg» bilan bahsda 2:2 hisobiga rozi bo‘ldi. Mezbonlardan Erik Shupo-Moting va Antoni Gonsalves, mehmonlardan Nunu Da Koshta va Tilo Kerer gol muallifi bo‘lishdi.
Shu kuni «Pari Sen Jyermen»ning eng yaqin ta'qibchisi «Lill» «Reyms» maydonida durang o‘ynadi – 1:1, bir kun avval uchinchi o‘rindagi «Lion» «Dijon»ga yutqazgan edi – 1:3.
Shu tariqa, «PSJ» va «Lill» o‘rtasidagi 20 ochkolik farq saqlanib qoldi. Qayd etish kerak, poytaxt klubi raqibidan bitta o‘yin kam o‘tkazgan. Demak, Tomas Tuxel jamoasi chempionlikni rasmiylashtirish uchun oldindagi 8ta o‘yinda 2 ochko jamg‘arishi kifoya.
Ma'lumot uchun, birinchi divizionda teng ochkoga ega jamoalarning o‘rni umumiy to‘plar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi. Hozirda bu ko‘rsatkich «PSJ»da +71 (89-18), «Lill»da +21 (49-27).
Fransiya chempionati
31-tur, 7 aprel
PSJ – Strasbur 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Shupo-Moting, 1:1 – 26 Da Koshta, 1:2 – 38 Gonsalves, 2:2 – 82 Kerer.
PSJ – Buffon, Dagba, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava (Draksler, 60), Dani Alves, Paredes, Verratti, Bernat, Nkunku (Kerer, 76), Shupo-Moting (Mbappe, 60).
Reyms – Lill 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 55 Fonte, 1:1 – 78 Uden.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro, Kone, Tiago Mendes, Tiago Mayya (Sumare, 89), Pepe, Ikone, Bamba, Remi (Rafael Leau, 70).
Tuluza – Nant 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 55 Silla.
Chetlatish: Andrey Jirotto (17, Nant).
Nitssa – Monpele 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 20 Dante.
6 aprel
Lion – Dijon 1:3
Anjyer – Renn 3:3
Amen – Sent-Eten 2:2
Nim – Kan 2:0
Gengam – Monako 1:1
5 aprel
Bordo – Marsel 2:0
Mavzuga oid

03:51
«PSJ» «Liverpul»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Barselona» va «Bavariya» ham 1/4 finalda

15:42 / 23.01.2025
«Siti» pley-offga endi qanday chiqadi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:12 / 19.12.2024