O‘zbekistonda kelgusi ikki yilda iqtisodiy vaziyat qanday bo‘ladi? OTB prognozi

Iqtisodiyot 18:39 / 03.04.2019 26310

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) yangi hisobotiga ko‘ra, infratuzilmaga yuqori xarajatlar, investitsiya muhitini yaxshilash, eksportni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi o‘sish O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatladi, biroq kreditlar ekspansiyasi, tezlashayotgan inflatsiya va joriy to‘lov balansi taqchilligi ortishi bilan bog‘liq xatarlar saqlanib qolmoqda.

2019 yilda Osiyo taraqqiyoti banki sharhida tashkilot 2019 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 5,2 foizga va 2020 yilda 5,5 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.

Valutani liberallashtirishning uzoq muddatli ta'siri kommunal xizmatlar uchun narx oshishi, non narxi erkinlashtirilishi, ish haqi va pensiyalar miqdori ko‘tarilishi hamda kreditlashning tezkor o‘sishi bilan birga inflatsiya sur'atini tezlashtirdi.

O‘rtacha inflatsiya darajasi 2017 yilda 13,7%dan 2018 yilda 17,9%gacha ko‘tarildi. Bu almashuv kurs kursining barqarorligi, qattiq monetar siyosat va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari olib kirishga bojlar bekor qilishiga qaramay yuz berdi.

Investitsiyalar 2019 yilda iqtisodiyot o‘sishining asosiy dastagi bo‘lib qoladi, shu tariqa, investitsion muhitni yanada yaxshilash va ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, elektr energiyasini ishlab chiqarish, transport hamda uy-joy qurilishini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirishni aks ettiradi.

Inflatsiya 2019 yilda 16 foizgacha, 2020 yilda esa 14 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Bu davlat dasturlari doirasida kreditlashning o‘sishi sekinlashishi va bojxona jarayonlarini yanada optimallashtirish importni osonlashtirishiga bog‘liq.

2018 yil noyabr oyida energiya tashuvchilar narxining ko‘tarilishi, 2019 yil iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarining rejalashtirilayotgan oshirilishi, keyinchalik ish haqi va pensiyalar miqdoriga o‘zgartirish kiritilishi hamda importga bojxona to‘lovlarini oshirish tomoniga qayta ko‘rib chiqish natijasida inflatsiya bosimi saqlanib qoladi.

Kutilishicha, joriy to‘lov balansi taqchilligi 2019 yilda YaIM 7 foizi darajasi qoladi va 2020 yilda 6,5 foizgacha qisqaradi.

Tovarlar eksportining o‘sishi 2019 yilda 10% va 2020 yilda 12%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, bu oltin narxining ko‘tarilishi, Xitoy tomonining tabiiy gazga bo‘lgan barqaror talabi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Rossiya va qo‘shni mamlakatlarga eksporti ortishi hamda paxta tolasini to‘qimachilik mahsulotlariga qayta ishlashning ko‘payishini aks ettiradi.

Tovarlarni import qilish 2019 yilda 25 foiz va 2020 yilda 20 foizga o‘sishi prognoz qilinyapti, sababi infratuzilma loyihalariga talab va sanoatni modernizatsiya qilish davom etishi ushbu tarmoqlar uchun importni ko‘paytiradi. Davlatning rivojlanish dasturlari uchun tashqi mablag‘lar, prognozlarga ko‘ra, tashqi qarzni 2019 yil va 2020 yilda YaIMdan 35 foizgacha oshiradi.

Hisobotda irrigatsiya sohasidagi islohotlarni birinchi o‘ringa qo‘yish taklif etilmoqda, bu yerda yerlar inqirozi va suv tanqisligi muammosi mavjud.

Hukumatga iqlim o‘zgarishi oqibatlarini moslashtirish va yumshatish, fermerlarning xizmatlar va moliyalashtirishdan bemalol foydalanishi hamda yerlardan foydalanish huquqini ta'minlash masalalarini hisobga olgan uzoq muddatli sektor strategiyasini ishlab chiqish tavsiya qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik orqali transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va iqlimiy barqarorlikka ko‘maklashishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: