«Nukus-farm» EIZ chegaralari kengaytirildi

Iqtisodiyot 09:19 / 03.04.2019 4352

Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qaroriga 4-ilovaga tegishli tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Hujjatda nazarda tutilishicha, «Nukus-farm» EIZ hududlarini xatlash natijalariga ko‘ra Nukus shahri, Qonliko‘l va To‘rtko‘l tumanlarida joylashgan, maydoni 42,29 gektardan iborat bo‘sh turgan yer uchastkalari hisobiga uning chegaralarini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.  
 
Ko‘rsatilgan yerlar tadbirkorlik sub'yektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun berildi. Ayni paytda ularda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
 
Shu munosabat bilan «Nukus-farm» EIZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralari ta'rifiga o‘zgartirishlar kiritildi. Shu tariqa, ayni paytda EIZ 7 ta yer uchastkasini qamrab olmoqda.
 
Hujjat 1.04.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: