Britaniya parlamentida yolg‘on xabarlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus qo‘mita tuzildi

Foto: AFP 2019 / Daniel LEAL-OLIVAS
Britaniya parlamentida dezinformatsiya va yolg‘on xabarlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus qo‘mita tuzildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Ishonchimiz komil, dezinformatsiya oqibatida demokratiyaga nisbatan paydo bo‘ladigan tahdidni o‘rganishni davom ettirish uchun jamoatchilik qiziqishi mavjud. Shu bois dezinformatsiya masalalari bo‘yicha yangi qo‘mitani shakllantiramiz. Qo‘mita uchun yangi saytni ishga tushiramiz va 2019 yil may oyida raqamli texnologiyalar, madaniyat, OAV va sport vaziri Jyeremi Rayt ishtirokida tinglov o‘tkazamiz", - deyiladi qo‘mita bayonotida.
Dastlabki tinglovlarda deputatlar ilgari e'lon qilingan "Dezinformatsiya va yolg‘on xabarlar" hisoboti bo‘yicha hukumat javobini hamda internetdagi zararli harakatlar haqidagi hisobotni muhokama qilishni rejalashtirishgan. Tinglovlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha qo‘mitaning barcha a'zolari ishtirok etishlari mumkin.
Mavzuga oid

15:00 / 05.03.2025
Gurjiston parlamenti «Chet el agentlari» to‘g‘risidagi ikkinchi qonunni ma’qulladi

19:18 / 04.03.2025
Serbiyada muxolifat parlament yig‘ilishida tutun chiqaradigan shashkalarni uloqtirdi. Uch deputat jarohat oldi

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

14:44 / 20.02.2025