O‘zbekiston qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importiga xarajatlarni oshirdi

Iqtisodiyot 14:06 / 01.04.2019 29431

O‘zbekiston qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importini oshirdi, bundan Markaziy bank hisoboti darak beryapti.

2018 yilda mamlakatda 0,7 million dollarlik qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, ularning qismlarini sotib oldi. Shu bilan birga, o‘tgan ikki yilda bu maqsadga 0,3 million dollardan sarflangandi. Bu Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilayotgan, eksport qilinmaydigan kam sonli tovarlardan biridir.

Shuningdek, 2018 yilda O‘zbekiston san'at asarlari va antikvarlar buyumlarini 0,1 mln dollarga import qildi, 2016 hamda 2017 yillarda esa bu ko‘rsatkich 0,0 dollarni tashkil etgan.

Qimmatbaho bo‘lmagan metallar va ulardan mahsulotlar importiga ko‘proq mablag‘ sarflandi. Agar 2016 yilda bunga 1,2 milliard dollar ketgan bo‘lsa, 2017 yilda - 1,7 milliard dollar, 2018 yilda esa - 2,4 milliard dollar.

Qimmatbaho metallar va toshlar importi keskin oshdi - 2016 yilda bunga faqat 0,4 million dollar sarflangan bo‘lsa, 2018 yilda - 40,7 million dollar.

Bundan oldin, 2018 yilda investorlar O‘zbekistondan 1,194 mlrd dollar olib chiqib ketgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: