General-mayor Pavel Ergashev 171-maktabga kitoblar sovg‘a qildi
Bugun, 30 mart kuni Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev o‘z shaxsiy kutubxonasidagi kitoblarni poytaxtdagi maktabga sovg‘a qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishga da'vat etgan edi.
Pavel Ergashev Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan 171-sonli maktabga o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘rin olgan va o‘zi uchun sevimli bo‘lgan kitoblarni maktab kutubxonasiga hadya etdi.

«Ushbu maktabda qizim tahsil olgan. Bu yerdagi pedagoglarning malakasiga shubha qilmayman, barchasi bilimli, saviyali insonlar. Farzandlarimizga bilim berishdan hech qachon charchamaydilar», — dedi mudofaa vaziri birinchi o‘rinbosari.

Ushbu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug‘ bobolarga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga ega.

Mavzuga oid

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

11:29 / 01.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

21:20 / 11.01.2025
Temu'ga majburiyat, telefondagi hujjatlar va mashhur kitoblar tarjimasi - hafta dayjesti

14:39 / 06.12.2024