O‘zbekiston islohotlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishishning to‘g‘ri formulasini topdi, deya ma'lum qildi Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov payshanba kuni Toshkentdagi xalqaro moliya-bank forumida.
Ishmetovning qayd etishicha, so‘nggi 2,5 yil O‘zbekistonda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. «Barcha islohotlar ko‘p qirrali bo‘lishiga qaramasdan, ular yagona ruhga ega. Bu O‘zbekiston xalqi uchun munosib va baxtli hayotga erishishda yangi imkoniyatlar yaratadi», - dedi u.
«Biz haqiqiy qiyinchiliklar hali oldinda ekanini tushunamiz. Lekin bu bizni to‘xtatmaydi. Olgan tajribamiz ishonch beradi. Muvaffaqiyatga erishishning to‘g‘ri formulasini topdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi MB raisi o‘rinbosari.
Birinchidan, uning so‘zlariga ko‘ra, bu islohotlarni amalga oshirish uchun siyosiy irodaga taalluqli, shuningdek, «o‘z sohasidagi mutaxassislarga ishini bajarishga, bilimi va malakasini mamlakatni rivojlantirish ishiga sarflash imkonini beradi». Ishmetov xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni muvaffaqiyatga erishishning muhim yo‘nalishi sifatida baholadi.