Toshkent hokimligi shahardagi eng yirik soliq to‘lovchilar nomini ochiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Unda bildirilishicha, joriy yildan respublikada yangi soliq konsepsiyasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan Toshkent shahar aholisi tomonidan ayrim yirik kompaniyalarning soliq tӯlovlari tӯg‘risida ma'lumot berish bӯyicha murojaatlar kelib tushyapti.
«Shahar hokimligi kompaniyalarning tӯliq rӯyxatini belgilash maqsadida sizdan sӯraydi - ӯzingizni qiziqtirgan yirik kompaniya nomini bizga yozib yuboring», - deyiladi xabarda.
2018 yilning dekabr oyi boshlarida O‘zbekistonda eng yirik soliq to‘lovchilar aniqlangandi.
«Fuqarolar uchun budjet 2019» loyihasi doirasida Moliya vazirligi 20ta eng yirik soliq to‘lovchi ro‘yxatini e'lon qilgan. Ular davlat budjetiga tushumlarning deyarli 38 foizini ta'minlaydi.
Top-20da «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» yetakchilik qilgan - kombinatning soliq to‘lovlari 2019 yilda O‘zbekiston umumiy budjetidan 6,8 foizni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda «O‘ztransgaz» AK - kompaniyaning budjetdagi ulushi 6,4%. Kuchli uchlikka «Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani» MChJ yakun yasab berdi - 4,5%.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari Top-10ligiga «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», (3,6 %), «O‘zbat» AJ (2,5%), «Uz-Kor Gas Chemical» MChJ (1,6 %), «Muborak neftgaz» MChJ (1,4 %), «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ (1,3%), «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» (1,3%) va «Qizilqumsement» AJ (1,2%) kirdi.