Tariq mahsulotining tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan eksport qilinishiga ruxsat beriladi

Iqtisodiyot 10:14 / 26.03.2019 7343

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash va eksportini rag‘batlantirish, eksportyor tashkilotlar mahsulotlari eksportini kengaytirish va uning hajmini oshirish, hamda qishloq xo‘jaligi va sanoatni barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadidagi hujjati loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, respublikada so‘nggi yillarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi sezilarli darajada oshayotganini va fermer, dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga yetkazib berish imkoniyatlari ijobiy tarafga siljimoqda.

Hujjat bilan respublikadagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan tariq (proso) mahsulotini (TIF TN kodi 1008210000,1008290000) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda eksport qilinishiga ruxsat berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi birgalikda tariq mahsulotining respublika ichidagi narxi bo‘yicha monitoring o‘rnatadi hamda ushbu tur mahsulot narxi keskin o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi.

Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari E.G‘aniyev zimmasiga yuklatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: