UZBEKBUILD ko‘rgazmasida yo‘lsozlik tashkilotlari ham ishtirok etadi

Jamiyat 14:24 / 25.03.2019 2392

2019 yil 3-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan UZBEKBUILD o‘zbek-turk qurilish ko‘rgazmasida asfalt zavodlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham ishtirok etadi. Ko‘rgazma «Dimax» savdo-ko‘rgazma biznes markazida bo‘lib o‘tadi.

Yo‘l qurilishiga doir uskuna va texnikalar, qurilish materiallari ham namoyish etiladigan ushbu ko‘rgazmada Marini Makina, Polita Makina va Teknofalt Makina kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqargan eng so‘nggi rusumdagi va zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan asfalt zavodlarini taqdim etadi.

Ko‘rgazmaning ishtirokchi mehmoni sifatida www.uzbekbuild.com/b2b havolasi orqali yoki Telegram kanalida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

«DIMAX SANOAT SAVDO-KO‘RGAZMA BIZNES MARKAZI» va BOĞAZİÇİ İHTİSAS FUARCILIK LİMİTED ŞİRKETİ hamkorlikda DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markazida o‘tkazadigan UzbekBuild ko‘rgazmasi O‘zbekiston Qurilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zLiDeP hamda MUSIAD’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi qo‘llab-quvvatlashi asosida tashkil etilmoqda. Mazkur ko‘rgazmaning e'tiborli jihati, ko‘rgazma ishchi vaziyatda sanoat zonasida tashkil etilayotganidir.

Xo‘sh, Uzbekbuild ko‘rgazmasida qanday mahsulotlar namoyish etiladi?

Turkiyaning qurilish industriyasi sohasidagi 32 yetakchi kompaniyasi ishtirok etadigan ko‘rgazmada beton zavodlar, asfalt zavodlari, ko‘tarma kranlar, ekskavatorlar, greyderlar, yuklash mashinalari, maydalovchi-saralovchi uskunalar, bruschatka va spliter bloklar ishlab chiqaruvchi uskunalar, maxsus qurilish texnikalariga ehtiyot qismlari, qoziqlar (svai)ni uruvchi burg‘ilash texnikalari, betonnasoslar, betonaralashtiruvchi transport vositalari kabilar namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, qurilish buyoqlari, metallga ishlov berish qurilmalari, elektr yoritqich jihozlari va uskunalari, yoritqich ustunlari, isitish tizimi, sovutish va havo aylantirish tizimi, kranlar, yo‘l to‘siqlari, yuk va yo‘lovchi ko‘targichlari, ishlov berish uchun dekorativ materiallar, me'morchilik yechimlari, landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish vositalari kabilar ham ko‘rgazmaga kelganlar e'tiboriga havola etiladi.

4 aprel kuni ko‘rgazma doirasida 14:00-17:00da o‘zbek-turk tadbirkorlari o‘rtasida ikki tomonlama V2V korporativ uchrashuvlar tashkil etiladi. Ta'kidlash o‘rinliki, ko‘rgazmaga kirish mutlaqo bepul.

Ko‘rgazmada ishtirok etishni, o‘z mahsulotlarini namoyish qilishni istagan tashkilotlar www.uzbekbuild.com saytida yoki +998903524200 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shu bilan birga, DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markaziga kiraverishdagi ro‘yxatxonada qayddan o‘tish imkoniyati mavjud.

Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, O‘zbek-Turk qurilish biznes forumi ham bo‘lib o‘tadi. U 2019 yil 3 aprel, ko‘rgazma ochilish kunida tashkil etiladi. Mazkur forumda beton, asfalt va inert materiallar ishlab chiqarishning eng yangi zamonaviy texnologiyalari haqida ham ma'lumotlar beriladi.

Ko‘rgazma hamkor tashkilotchisi Utku Bengisuning qayd etishicha, u Toshkentda ko‘rgazmani tashkil etish uchun DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markazini bejizga tanlamagan. Toshkent Halqa avtomobil yo‘liga yondosh hududdagi sanoat zonasi yaqinida qurilish materiallari sotiladigan yirik bozor ham joylashgan. Shu yo‘l bilan qurilish materiallari va mahsulotlari sotuvchilar hamda tadbirkorlarga manzilli yetkazish imkoni taqdim etiladi.

Ko‘rgazmaga 3 kun mobaynida kirish mutlaqo bepul bo‘lib, 10:00-18:00 oralig‘ida tashrif buyurish mumkin. Ko‘rgazma haqida batafsil ma'lumotni www.uzbekbuild.com saytida yoki Telegram kanalida olish mumkin.

Qisqacha ma'lumot: Qurilish texnikasi, uskunalari va materiallari ko‘rgazmasi.

2019 yil 3-5 aprel, 10:00-18:00.

Manzil: Toshkent shahri, DİMAX savdo-ko‘rgazma biznes markazi (Uchtepa tumani, TXAY, Sanoat hududi 5).

4 aprel - V2V uchrashuvlar: 14:00-17:00

Tel.: +998903524200

Elektron pochta: info@uzbekbuild.com

Reklama huquqi asosida

 

Ko‘proq yangiliklar: