O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 martdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 11,93 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8389,97 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 3,44 so‘mga ko‘tarilib, 9491,57 so‘mga yetgan.
1 rubl esa 0,63 so‘mga oshib, 129,72 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.