O‘zbekiston Xitoyni mag‘lub etib, «China Cup-2019»da 3-o‘rinni egalladi

Sport 14:35 / 25.03.2019 24332

Bugun, 25 mart kuni Xitoyning Nanning shahrida bo‘lib o‘tayotgan «China Cup—2019» xalqaro turnirining uchinchi o‘rni uchun o‘yin o‘tkazildi.

Bu o‘yinda Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi turnir mezboni, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro qo‘li ostidagi Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

O‘yinning 35-daqiqasida Eldor Shomurodov raqib jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi. Bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va O‘zbekistonning g‘alabasini ta'minladi.

O‘yin davomida O‘zbekiston terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi, birinchi bo‘lim oxirida Otabek Shukurov jarohat olib maydonni tark etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi «China Cup—2019» musobaqasini 3-o‘rin bilan yakunladi.

O‘zbekiston birinchi o‘yinda Urugvayga mag‘lub bo‘lgandi (0:3), Xitoy esa Tailand to‘sig‘idan o‘tolmagandi (0:1).

Bugun soat 16:35da turnir g‘olibligi uchun Urugvay va Tailand final o‘yinida maydonga chiqishadi.

Image

Qayd etish kerakki, Kuper shogirdlari o‘yinda yaqqol ustunlikka ega bo‘lishdi. Zarbalar berish, to‘pni egallab turish, uzatmalar aniqligi bo‘yicha O‘zbekiston mezbonlarni ortda qoldirdi. O‘zbekiston Xitoy darvozasi tomon 14ta zarba yo‘lladi va ularning 4tasi aniq chiqdi.

«China cup-2019»
O‘ZBeKISTON - XITOY 1:0
Gol: 
Eldor Shomurodov (35).
Xitoy: Yan Jun Lin, Zan Li Pen, Fu Xuan, Gao Zunyi (Van Gang, 58), Li Ang, Vu Shi (Peng Shinli, 67), Tan Long, Xi Chao (Xao Jun Min, 58), Zang Xiuvey, Dong Xuyesheng, Vei Shixao.
O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov (Odil Ahmedov, 40), Javohir Siddiqov (Doston Hamdamov, 70), Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 72).

Ko‘proq yangiliklar: