Netanyaxu Isroilning o‘qqa tutilishi sababli AQShga safarini erta tugatishga qaror qildi

Jahon 20:33 / 25.03.2019 10837

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShga safarini muddatdan oldin tugatishi va yurtiga qaytishini ma'lum qildi. Netanyaxu devonxonasida ma'lum qilinishicha, bu vaziyat Isroilning G‘azo sektoridan o‘qqa tutilishi bilan bog‘langan.

“Men AQShga safarimni qisqartirishga qaror qildim. Bir necha soatdan keyin prezident Tramp bilan uchrashib, so‘ngra harakatlarimizni boshqarish uchun Isroilga zudlik bilan qaytaman”, deb aytgan Netanyaxu. 

Netanyaxuning AQShga safari 27 martgacha davom etishi kerak edi.

25 mart kuni G‘azodan uchirilgan raketa Isroilning markaziy qismidagi turar joyga tekkan. Natijada kamida 6 odam jabrlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: