“Navoiyavtotexxizmat” MChJ tomonidan “Spark avtomobili yutib ol” aksiyasi g‘oliblari e'lon qilindi

Jamiyat 18:18 / 25.03.2019 10130

“Navoiyavtotexxizmat” MChJ tomonidan o‘tkazilgan “Spark avtomobili yutib ol” aksiyasi g‘oliblari aniqlandi.

GM Uzbekistan kompaniyasining Navoiy viloyatidagi rasmiy dileri hisoblanuvchi “Navoiyavtotexxizmat” MChJ 2018 yil 20 noyabrdan 2019 yilning 18 mart kunigacha “Spark avtomobili yutib ol” aksiyasini o‘tkazdi.

Aksiya o‘tkazish qoidasiga muvofiq, shu muddat oralig‘ida “Navoiyavtotexxizmat” MChJ avtosalonidan belgilangan tartibdagi oldi-sotdi shartnomasi orqali Spark, Nexia-3 A/T, Cobalt 1-pozitsiya Cobalt A/T, Lacetti, Traker, Malibu  A/T  va  Malibu  A/T turbo avtomashinalari uchun to‘lovni amalga oshirgan barcha jismoniy hamda yuridik shaxslar qimmatbaho sovg‘alar va super yutuq “Spark 2-pozitsiya” avtomashinasini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lardilar.

“Spark avtomobili yutib ol” aksiyasi yakuni bo‘yicha quyidagi yurtdoshlarimiz aksiya sovrindorlari bo‘lishdi:

Spark avtomobili - RUSTAMOV SADRIDDIN TOShNIYaZOVIChga;

Ikki kamerali muzlatgich - FAYZULLIN ISLOM RAFKATOVIChga;

Kir yuvish mashinasi - YaX'YaYeVA OYZODA MUZAFFAROVNAga;

Artel 43 televizori - MUXAMeDOV AZAMAT IBROXIMOVIChga;

Mikroto‘lqinli pech - SUYaROV JAMShID ISLAMOVIChga;

Changyutgich - RAFIKOV DJURAKUL KILICheVIChga nasib etdi. Yutuqlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Aksiya g‘oliblarini muborakbod etamiz!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: