Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon yana turmaga qaytdi

Foto: EPA
Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon Germaniyaning Noymyunster shahri turmasiga qaytdi. U bu yerda 2018 yilda 2 hafta hibsda ushlab turilgan.
Aytish joiz, Puchdemon bu gal turmaga tanish nozirlarni ko‘rish va turma kutubxonasiga kataloniyalik mualliflarning nemis tiliga tarjima qilingan 100 ta kitobni berish maqsadida o‘z xohishiga ko‘ra kelgan.
Ispaniya hukumati hamon Puchdemonning ekstraditsiya qilinishiga erishmoqchi, biroq Germaniya va Belgiya uni berishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid

15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi

11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi

07:10 / 09.08.2024
Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishga qarshi bo‘lgan siyosatchi boshqaradi

10:40 / 22.06.2024