Istanbulda Erdo‘g‘an partiyasini 1,6 mln kishi qo‘llab-quvvatladi (video) 

Jahon 09:12 / 25.03.2019 7677

24 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yetakchilik qiladigan Adolat va rivojlanish partiyasini qo‘llab-quvvatlagani tashviqot mitingida 1,6 mln kishi ishtirok etdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi

Erdo‘g‘an namoyishchilarga yuzlanib, Istanbulda Tuzla texnologik vodiysi ochilishini e'lon qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu vodiy 20 mingta yangi ish o‘rni yaratishga imkon beradi. Loyiha qiymati 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, vodiyda vaksina, kontakt linza va kimyoterapiya uchun dori vositalari kabi turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi.  

Turkiya prezidenti, shuningdek, Istanbulda imkoniyati cheklangan 200 ming kishi davolanishi mumkin bo‘ladigan 17 ta reabilitatsiya markazi ochishga va'da bergan.

Turkiyada 31 mart kuni mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda Turkiya fuqarolari 20 mingdan ko‘proq mansabdor shaxslar, jumladan shahar va tuman kengashlari merlarini saylashadi.

Ko‘proq yangiliklar: