Plastik kartalardan yashirin ravishda pul o‘g‘irlab kelgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi banklardan birida ishlayotgan xodimlarga nisbatan (tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmadi) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bankning bir guruh mansabdor shaxslari 15 kishining bank plastik kartalaridan 2 yil davomida jami 3 million so‘mdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-toroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelgani aniqlandi.
Ayni paytda gumondorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi

11:20 / 16.02.2025
Xorazmda Damas urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

14:00 / 15.02.2025