Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi
Qasddan odam o‘ldirishga urinish oqibatida bir inson hayotdan ko‘z yumdi, ikki nafari og‘ir jarohat oldi.

Illyustrativ foto
Xorazm viloyati, Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida shov-shuvli qotillik jinoyati sodir etildi, deb xabar berdi O‘zA.
Qayd qilinishicha, 19 fevral kuni Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida istiqomat qiluvchi, 1954 yilda tug‘ilgan erkak oilaviy kelishmovchilik sababli, 1974 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini uyida saqlab kelayotgan ov miltig‘i bilan qasddan otib o‘ldirgan. Shuningdek, kelini va nevarasiga ham o‘q uzib, og‘ir jarohat yetkazgan.
Jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan qisqa muddatda fosh etilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Mahallamiz uchun juda yomon holat bo‘ldi bu hodisa. Bu mudhish voqeaning asl sababchisi ichkilikdir. Spirtli ichimlikni me’yoridan ortiq iste’mol qilgan ota oila a’zolari bilan kelisholmay qolgan. O‘rtada janjal chiqib, mudhish qotillik jinoyati sodir bo‘lgan. Uch yildan buyon mahallamizda bironta jinoyat sodir etilmagan edi», dedi mahalla raisi Otabek Nazariy.
Mavzuga oid

11:53
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

18:08 / 28.02.2025
10 yil oldin Boris Nemsov o‘ldirilgandi. Bu jinoyat tashkilotchisi va buyurtmachisi hamon topilmagan

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

17:44 / 26.02.2025