O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarila boshladi

Iqtisodiyot 14:35 / 18.03.2019 18834

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 19 martdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3,94 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8378,04 so‘mni tashkil etgan. 

1 yevro kursi 77,32 so‘mga ko‘tarilib, 9488,13 so‘mga yetgan.

1 rubl esa 2,91 so‘mga oshib, 129,09 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikki marta pasaygach, yana ko‘tarilishni boshladi. O‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi 18,86 so‘mga arzonlashgandi.

Valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: