O‘zbekiston ikki oyda importga 3,35 mlrd dollar sarfladi. Nimalar olib kirildi?

Iqtisodiyot 10:19 / 18.03.2019 23488

Joriy yilning yanvar-fevral oyida import hajmi 3,35 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 30,3%) teng bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi. 

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar yanvar-fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 1,67 mlrd dollarga ko‘p import qilindi va 3,35 mlrd dollarni tashkil etdi. 

Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 764,3 mln dollarga ko‘p import qilindi va 3,04 mlrd dollarni tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 314,2 mln dollarga yetgan. 

2019 yilning yanvar-fevral oyida respublikaga 124dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston va Turkiyadan jami import hajmi 2,20 mlrd dollarga teng. Bu esa umumiy import hajmining 65,7%ini tashkil qiladi. 

Xizmatlar importi hajmi 314,2 mln dollarni yoki jami import hajmining 9,4%ini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1%ga o‘sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo‘ldi.

Bundan oldin, tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy hamda Rossiyaga eksport qilinayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: