Basic Capital «Uchqo‘rg‘on-yog‘» aksiyalarining 31,8 foizi egasiga aylandi

Iqtisodiyot 15:06 / 18.03.2019 6271

Toshkentning Yunusobod tumanida ro‘yxatga olingan Basic Capital «Uchqo‘rg‘on-yog‘» yog‘-moy kombinati tarkibidagi ulushini oshirdi. Bundan «Toshkent» fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti, deb yozadi Spot.

Basic Capital kompaniya ustav fondiga qimmatli qog‘ozlarni kiritish yo‘li bilan o‘z ulushini 20,9%ga oshirib, aksiyalarning 31,8%i egasiga aylandi. Basic Capital hozirda 324 360 dona aksiyaga egalik qiladi. Kelishuv 6 mart kuni amalga oshirildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu bitimgacha Basic Capital «Uchqo‘rg‘on-yog‘» aksiyalarining 10,9 foiziga egalik qilgan, asosiy egasi esa «O‘zpaxtayog‘» (51,7 foiz) bo‘lgan.

Bundan oldin, davlat yog‘-moy sanoatidan chiqib ketishga hamda o‘z ulushlarini xususiy tadbirkorlarga sotishga qaror qilgani ma'lum bo‘lgandi. Shunga ko‘ra, «O‘zpaxtayog‘» kompaniyadan assotsiatsiyaga aylanadi, «Uchqo‘rg‘on-yog‘» esa butunlay xususiy sektorga o‘tishi kerak bo‘lgan 25ta kompaniyadan biri bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: