Chaputova Shefchovichga qarshi. Slovakiyada saylovning birinchi turida prezident saylanmadi

Jahon 19:05 / 17.03.2019 2999

​Slovakiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovining birinchi turida davlat rahbari saylanmadi. Shanba, 16 mart kuni o‘tgan saylovning birinchi turi natijalariga ko‘ra, keyingi bosqichda Zuzana Chaputova va Marosh Shefchovich kurashadi. 

Parlamentdan tashqarida faoliyat olib borayotgan, asli kasbi advokatlik bo‘lgan Chaputova boshchiligidagi «Jadal Slovakiya» partiyasi 40,57 foiz saylovchilar ovoziga erishgan. Yevropa komissiyasi rahbari o‘rinbosari Shefchovich esa 18,66 foiz ovoz bilan keyingi bosqichga o‘tgan. 

Yakshanba kuni Bratislavada tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, keyingi tur joriy yilning 30 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik saylovida 4,4 milliondan ortiq fuqaro saylash huquqiga ega bo‘lsa-da, ularning faqat 48,7 foizi saylov uchastkasiga kelgan. 

Amaldagi mamlakat prezidenti Andrey Kiska​ moliyaviy janjal tufayli qayta saylanishga istamagandi. U keyingi turda Chaputovaga omad tilagan. Kiskaning prezidentlik muddati shu yilning 15 iyun kuni nihoyasiga yetadi. 

Ma'lumot uchun, saylovda 11 nafar nomzod kurashga qo‘shilganini aytgandi. O‘ng radikal-millatchi Marian Kotlebaning imkoniyatlari baland baholangandi, ammo u 10 foizdan sal ko‘p ovoz to‘plab, birinchi turda kurashdan chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: