To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi belgilanadi

Iqtisodiyot 14:21 / 15.03.2019 4091

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi, deb yozmoqda Norma.

Ishlab chiqilgan hujjatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi, shuningdek mazkur jarayonda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari, Investitsiyalar va tashqi savdo, Iqtisodiyot va sanoat, Tashqi ishlar vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatasining vakolatlari va o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmi belgilangan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish, muhokama qilish va qabul qilishda yetakchi bo‘g‘in – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi. Ko‘rsatilgan vazifalarni hal etishda, idoraviy bo‘ysunuvidan qat'i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun javobgarlik idora zimmasiga yuklatiladi.

Quyidagilar asosiy bosqichlar sifatida ajratib ko‘rsatilgan:

• investitsiya takliflarini kiritish va ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
• bo‘lajak investorni tanlash;
• erishilgan ahdlashuvlarni rasmiylashtirish;
• investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini monitoring qilish.

Loyihada investitsiya taklifining namunaviy shakli va pasporti, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish sxemasi ham taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yanvar oyida davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yangi, 4 bosqichli tizimni joriy etish haqida so‘z yuritilgan edi. 

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.    

Ko‘proq yangiliklar: