Ronaldu va Messi YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar safiga kiritildi

Sport 09:40 / 14.03.2019 3675

UYeFA rasmiy saytida YeChLning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu, «Barselona» sardori Lionel Messi, «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Leroy Sane da'vogar sifatida ko‘rsatilgan.

Ronaldu «Atletiko»ga qarshi bahsda het-trik qayd etdi, Messi esa «Lion» bilan o‘yinda 2ta gol urib, yana 2ta golga assistentlik qildi. Mane hisobida «Bavariya»ga qarshi bahsdagi dubl, Saneda esa «Shalke» bilan o‘yindagi 1ta gol va 3ta assist bor.

Ko‘proq yangiliklar: