Qozog‘istonda Senat deputatlari yalpi majlisda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik masalalari to‘g‘risidagi hadli bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida Qozog‘iston Respublikasi qonunini qabul qilishdi. Bu haqda Bnews.kz xabar bermoqda. Tomonlar neft-gaz, neft-kimyo va elektr energetikasi sohalarida hamkorlik qiladi.
Qozog‘iston ushbu bitim doirasida O‘zbekistonga yiliga 5 million tonnagacha neft eksport qilishni rejalashtirmoqda. Tegishli kelishuv 2017 yil 16 sentyabrda Toshkent shahrida imzolangan.
«Bitim ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, neft-gaz, neft-kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi hamkorlikni rag‘batlantirish, Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, Kelishuv tomonlari gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan», - deya ma'lum qilingan Qozog‘iston Senatining Iqtisodiy siyosat, innovatsion rivojlanish va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasidan.
Shuningdek, bitim doirasida uning barcha normalari o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish nazarda tutilgan.
«Bitim bilan shu narsa tartibga solinadiki, Qozog‘iston tomoni Chimkent-Jizzax magistral neft quvuri ishga tushirilgunga qadar magistral quvur orqali neft transportirovkasi bo‘yicha xizmatlarga nol stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i soladi. Shu bilan birga, Qozog‘iston soliq qonunchiligiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish maqsadida magistral quvur orqali neft transportirovkasi bo‘yicha xizmatlar Qozog‘iston tomonidan xalqaro tashuvlar sifatida ko‘riladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan qo‘mitadan.
Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev fevral oyi oxirlarida 2018 yil davomida Qozog‘iston O‘zbekistonga 260 ming tonnadan ortiq neft yetkazib berganini xabar qilgandi.
Bundan oldin, Qozog‘iston O‘zbekistonga taklif bilan chiqqandi.