O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari keskin o‘sdi

Iqtisodiyot 13:33 / 14.03.2019 31071

O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari to‘rt oydan beri o‘sib kelmoqda, bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

2019 yil 1 mart holatiga ko‘ra yalpi oltin-valuta zaxiralari hajmi 28 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Undan 13,2 mlrd dollar - xorijiy valutadagi aktivlar, 14,4 mlrd dollar - monetar oltin. Sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 27,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, fevral oyida yalpi oltin-valuta zaxiralari hajmi 27,2 mlrd dollar, xorijiy valutadagi aktivlar 12,6 mlrd dollar, monetar oltin hajmi 14,5 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Sof oltin-valuta zaxiralari 26,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Yil boshidan beri sof zaxiralar qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi (1 yanvarda 26,3 mlrd dollar bo‘lgan).

Ko‘proq yangiliklar: