Qumqo‘rg‘on tumanida ona-bola kanalga cho‘kib ketib halok bo‘ldi

Qumqo‘rg‘on tumanida 8 yoshli bola va uning onasi kanalga cho‘kib ketish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Qumqo‘rg‘on tumani IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 11 mart kuni kech soat to‘rtlarda sodir bo‘lgan. Tumanning Ulug‘bek mahallasi, Anhor ko‘chasida yashagan B.I. uyi oldidan oqib o‘tuvchi “Sherobod” kanali atrofida qo‘y boqib yurgan vaqtida bexosdan kanalga tushib ketib cho‘ka boshlagan. Uning onasi B.F. o‘g‘lini qutqarish maqsadida o‘zini suv ichiga tashlab, cho‘kish natijasida halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:50 / 05.03.2025
Hongkong operatori Panama kanali portlarini AQShga sotadi

13:33 / 06.02.2025
Panama kanali AQSh hukumati kemalari uchun bepul bo‘ladi

15:38 / 09.01.2025
Kanallarga ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi

14:40 / 10.10.2024